10:40 / 05.11.2017
35204

Video: Uaylderning «chaqmoq zarbasi». U birinchi raunddayoq raqibini nokaut qildi

© AFP 2017/ AL BELLO

Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder superog‘ir vazn toifasida oltinchi marta kamarini himoya qildi. U kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini birinchi raunddayoq nokaut holatiga tushirdi.

Uaylder 2015 yil yanvarida ham Stivernni nokaut qilgan va WBC kamarini qo‘lga kiritgan. O‘tgan vaqt ichida amerikalik bokschi kamarini 5 marta muvaffaqiyat bilan himoya qilgandi.

Uaylder beshinchi marta WBC kamarini himoya qildi

Uaylder va Stivern o‘rtasidagi jang kamar himoyasi uchun oltinchi jang bo‘ldi, bokschilar shanba oqshomida Nyu-Yorkda ringga ko‘tarilishdi. Ammo jang birinchi raunddayoq Uaylderning kuchli zarbalari tufayli yakuniga yetdi.

31 yoshli Uaylder hisobidagi g‘alabalar soni endi 39taga yetdi (39 jangda 38 nokaut). 38 yoshli Stivern o‘z faoliyati davomida 25 g‘alaba (21 — nokaut), 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Uaylder Joshuani jangga chorladi

 

Mavzuga oid
Top