11:30 / 06.11.2017
62152

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga keldi

Foto: O‘zA/Arxiv

Bugun, 6 noyabr kuni Jizzaxda atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda ishtirok etish uchun Jizzax shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy sayti ma'lum qildi. 

Mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar Jizzax temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi. 

Davlatimiz rahbarining joriy yil 27 martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Jizzaxda bu voqeaga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Sharof Rashidov nomi bilan ataluvchi maydon va muzeyda ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Ko‘cha va xiyobonlar bayramona bezatilgan. 

Dastlab Sharof Rashidov xotirasiga ehson dasturxoni yozilib, Qur'on tilovat qilindi.

Top