01:16 / 06.11.2017
7655

"Rostrud" va Tashqi migratsiya masalalari agentligi o‘rtasida ma'lumot almashishga doir kelishuv imzolandi

Rossiya Federatsiyasining Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati ("Rostrud") hamda O‘zbekistonning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi Tashqi mehant migratsiyasi masalalari agentligi ma'lumot almashish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashdi. 

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi hukumati va RF hukumati o‘rtasidagi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb qilishga doir kelishuvini samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Hujjatga muvofiq, "Rostrud"ning "Rabota v Rossii" axborot portalida Agentlikka shaxsiy kabinet taqdim etiladi. U yerda Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat migratsiyasini amalga oshirishni istovchi O‘zbekiston fuqarolari haqida ma'lumot joylashtirish mumkin, shu bilan birga, rossiyalik ish beruvchilarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlik "Rostrud"ga Rossiya hududida o‘zbekistonlik migrantlarning mehnat huquqlari buzilganligi to‘g‘risida ma'lumot taqdim etib turadi.

Mavzuga oid
Top