11:20 / 06.11.2017
5791

Vetnamda to‘fon qurbonlari soni ortmoqda – 49 kishi 

Foto: Reuters

Vetnam hududiga shu dam olish kunlari yopirilgan «Damri» to‘foni tufayli halok bo‘lganlar soni 49 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters mamlakat hukumati ma'lumotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Shuningdek 27 inson bedarak yo‘qolgani haqida ma'lum qilingan. Shu bilan birga, hukumat rasmiylari kishilar nima sababdan halok bo‘lishganiga oydinlik kiritishmadi.

Taxminan 2 mingta uy to‘fon tufayli butunlay vayron bo‘ldi, yana 80 mingtasi jiddiy zarar ko‘rgan.

Avvalroq Vetnamda to‘fon tufayli 11 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

 

Top