17:20 / 07.11.2017
6301

Abdulaziz Komilov AQSh elchisi bilan uchrashdi

2017 yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar tarqatdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha katta direktori Liza Kyortis boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirokiga doir amaliy masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ikki tomon kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Top