08:16 / 07.11.2017
7521

Chilonzor tumanida o‘g‘rilik ro‘y berdi

2017 yil 20 sentabr kuni taxminan soat 05:00larda noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyning yerto‘lasiga uning eshigi qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro F.A.ga tegishli bo‘lgan 1.900.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni M.K. va A.K. sodir etganliklari aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. 

Top