12:20 / 07.11.2017
7209

Kobulda telekanal binosiga hujum uyushtirildi

Foto: Reuters

Afg‘oniston poytaxtida Shamshad TV telekanali binosiga hujum ro‘y berdi. Bu haqda TOLOnews telekanal xodimiga tayangan holda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qurollangan bir necha kishi binoga mahalliy vaqt bilan soat 10.45da (Toshkent vaqti bilan 11.45) bostirib kirgan. Otishma haqida xabar berildi, shuningdek, portlash ham eshitilgan.

Keyinchalik telekanal hujum tufayli efirga chiqmay qo‘ydi. TOLOnews ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida telekanal xodimlari ham bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top