16:20 / 07.11.2017
15125

Qozog‘istondagi qishloqqa Nazarboyevning onasi nomi berildi

Foto: 24SMI

Tarazda Jambil viloyati maslahatining navbatdan tashqari o‘n oltinchi sessiyasida Ko‘rday tumanidagi Kasik qishlog‘i nomini Aljan ana qishlog‘i deb qayta o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklif ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Taraztv.kz.

Deputatlar ushbu tashabbusni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi. Sababi Aljan ana Nursulton Nazarboyevning onasi hisoblanadi.

Xalq tomonidan saylangan deputatlar insonni tarbiyalashda onalarning alohida o‘rnini ta'kidlab o‘tishdi hamda bu xayrli tashabbus barcha onalar uchun faxriy belgi ekanini qayd etishgan.

Mavzuga oid
Top