12:55 / 07.11.2017
8418

MAK Olmaota va Ostonaga yangi reyslar joriy qilmoqda

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Qozog‘istonning asosiy shaharlariga yangi reyslar joriy qilmoqda. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bergan.

2017 yilning 4 dekabridan Toshkent-Olmaota-Toshkent muntazam reyslarining yettinchi chastotasi quyidagi harakatlanish jadvali bo‘yicha joriy etiladi:

Dushanba: HY-765 Toshkent 15:10 – Olmaota  17:40
Dushanba: HY-766 Olmaota 18:40 – Toshkent  19:20

Shuningdek, 2018 yilning 4 martidan Toshkent-Ostona-Toshkent muntazam reyslarining to‘rtinchi chastotasi quyidagi jadval bo‘yicha joriy qilinadi: 

Yakshanba: HY-721 Toshkent 18:10 –  Ostona 21:10
Yakshanba: HY-722 Ostona 22:10 –  Toshkent 23:10

Parvoz vaqti – mahalliy. Reyslar «Eyrbas» A-320 zamonaviy laynerlarida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top