17:30 / 07.11.2017
6644

Nafaqaxo‘rni chuv tushirib ketgan shaxs ushlandi

O‘rtachirchiq tumanida, joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan Dovurbek Oltinboyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) aldash yo‘li bilan, nafaqaxo‘r, 1952 yilda tug‘ilgan Shokirali Vositjonovning ishonchini suiiste'mol qilib, «10 kundan keyin pulini olib kelib beraman» – deb aldab, undan umumiy narxi 40.000.000 so‘m bo‘lgan olti bosh qora mollarini olib ketgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u 16.000.000 so‘m pullarini berib, qolgan 24.000.000 so‘m pullarini bermagan. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top