09:40 / 07.11.2017
8534

“Yunusobod” bozori yonida “Neksiya” piyodani urib ketdi

2017 yil 5 noyabr kuni soat 12:00larda, Yunusobod tumani, A.Donish ko‘chasida joylashgan “Yunusobod” bozori avtoturargohi qarshisida, haydovchi – 1990 yilda tug‘ilgan erkak kishi “Neksiya” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.

Mazkur yo‘l transport hodisasi natijasida piyoda – 1967 yilda tug‘ilgan erkak kishi “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan yettinchi shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan.

Uning hozirgi ahvoli haqida ma'lumot berilmagan.

Top