15:50 / 08.11.2017
4880

Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Qirg‘iziston delegatsiyasi mamlakatga Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» vazirlar uchrashuvida va «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.

Turli darajalardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston aloqalarining davomi sifatida bo‘lib o‘tgan suhbatda Bishkek va Toshkent shaharlarida O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga va hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga asosiy e'tibor qaratildi.

Shuningdek, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyaga oid ayrim masalalar va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Top