21:30 / 08.11.2017
15630

Forbes 2017 yilning eng katta haq oluvchi teleboshlovchilari reytingini e'lon qildi

AQShning Forbes jurnali 2017 yilning eng katta haq oluvchi teleboshlovchilari reytingini e'lon qildi. 

Foto: REUTERS

Bu reytingning 1-pog‘onasini “Doktor Fil” dasturini olib boruvchi ruhshunos va yozuvchi Fil Makgrou egalladi. U 2016 yil 1 iyunidan 2017 yil 1 iyunigacha 79 mln dollar ishlab topgan.

2-o‘rinni Ellen Dejyeneres (77 mln), 3-o‘rinni Rayan Sikrest (58 mln) egallagan. Keyingi o‘rinlarda “sudya Judi” kabi ma'lum bo‘lgan Judit Sheyndlin (4-o‘rin, 47 mln), Saymon Kouell (5-o‘rin, 43,5 mln), Stiv Xarvi (6-o‘rin, 42,5 mln), Bill O'Reyli (7-o‘rin, 37 mln) kelmoqda.

Yetakchi o‘ntalikning oxirgi o‘rinlarini Shon Xenniti (8-o‘rin, 36 mln), Maykl Streyxen (9-o‘rin, 21,5 mln) va Xaydi Klum (10-o‘rin, 21 mln) egallaganlar.

Top