09:40 / 08.11.2017
9508

Xitoyliklar Finlyandiya biznesi tarixidagi eng qimmat xaridni amalga oshirishdi

Xitoyning Tencent internet-xoldingi Finlyandiyadagi videoo‘yinlar yaratuvchi eng yirik kompaniya – Supercell aksiyalarining nazorat paketi (73 foizi)ni xarid qildi. Avval Supercell’ning asosiy egasi Yaponiyaning SoftBank telekommunikatsion guruhi hisoblangan.

Xarid qiymati 7,4 mlrd yevroni tashkil qilgan. Bu Finlyandiya tarixida tijorat kompaniyasini sotib olish bo‘yicha eng qimmat bitim bo‘ldi. Avvalgi rekordni 2013 yilda Microsoft kompaniyasi Nokia’ni 5,44 mlrd dollarga sotib olib o‘rnatgandi.

Supercell’ning bosh qarorgohi Finlyandiyada qolaveradi. Aktsiyalarning xarid qilinishi Tencent’ga jahon o‘yinlar bozorida yetakchilikni mustahkamlashga yordam beradi. Tencent platformasining o‘yin ishqibozlari auditoriyasi milliard va taxminan 300 mln faol foydalanuvchiga yetadi. Kompaniyada 30 mingdan ko‘proq odam ishlaydi.

Xitoyning “Xujun” tadqiqot agentligining baholashicha, Tencent asoschisi Poni Ma (Ma Xuaten) Xitoydagi ikkinchi raqamli eng boy odam hisoblanadi. Uning boyligi oxirgi bir yil ichida 1,5 barobarga oshib, 37 mlrd dollarga yetgan.

Mavzuga oid
Top