12:50 / 08.11.2017
36127

Malakali hamshira va tarbiyachi bo‘lishni istaganlar diqqatiga!

Foto: Toshkent “Mehr-shafqat” kasb-hunar  kolleji

Jamiyatimiz hayotida hamshiralik hamda bolalar tarbiyachisi kasblari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois hamisha bu soha egalariga ehtiyoj seziladi. 

Malakali hamshira bo‘lib yetishishni istaysizmi? Yoki jajjigina bolajonlar tarbiyachisiga aylanish niyatidamisiz? U holda siz uchun ajoyib imkoniyat yaratildi. 

Toshkent markazida joylashgan “Mehr-shafqat” kasb-hunar  kolleji Respublikamizning barcha hududlaridan ikkinchi mutaxassislik uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilar qabulini e'lon qiladi. O‘qish jarayoni o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Kimlar qabul qilinadi:

•  11-sinf negizida shahodatnomaga ega bo‘lganlar,
•  O‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega bo‘lganlar
•  Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari 
•  Uy bekalari

Foto: Toshkent “Mehr-shafqat” kasb-hunar kolleji

Mutaxassisliklar: 

1.  “Umumiy amaliyot hamshirasi” mutaxassisligi

Ixtisosligi:  

1.  Umumiy amaliyot hamshirasi
2.  Shoshilinch va tez tibbiy yordam stansiyasi (bo‘limi) hamshirasi
3.  Patronaj hamshirasi 

O‘qish muddati: 1 yil 6 oy. 

2.  Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi mutaxassisligi

Ixtisosligi:  

1.  Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisi. 
2.  Ixtisoslashtirilgan bolalar maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisi 
3.  Oilaviy tarbiyachi. 

O‘qish muddati: 1 yil 6 oy. 

Foto: Toshkent “Mehr-shafqat” kasb-hunar kolleji

Bitiruvchilarga mutaxassisliklari bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi.

Siz bu yerda malakali ustozlardan zarur bilim va ko‘nikmalarni egallab, tanlagan sohangizni professional mutaxassisi bo‘lib yetishib chiqasiz.

Shoshiling! Hujjatlar  2017 yil 15 noyabr kuniga qadar qabul qilinadi. 
Murojaat uchun telefon:
254-05-89, 256-07-59, 256-26-63
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, V.Voxidov ko‘chasi,116-uy
Mo‘ljal: “Grand Mir Hotel” mehmonxonasi, Ucell kompaniyasi.

Avtobus: 3,33,38,57,58,81,98,119.
Yo‘nalishli taksi:71,98,154.

Reklama huquqi asosida!

Mavzuga oid
Top