12:45 / 08.11.2017
13098

Oyni aylanib chiqqan amerikalik fazogir vafot etdi

Foto: NASA

AQShda NASA agentligining faazogiri, «Apollon-12» missiyasining uchuvchisi Richard Gordon vafot etdi. Amerika fazoni o‘rganish agentligiga ko‘ra, u 89 yoshda edi. 

Gordon 2017 yil 6 noyabrda hayot bilan vidolashgan. NASA astronavt yaqinlariga hamdardlik izhor qilib, «mamlakat fazoni ilk kashf qilganlardan birini yo‘qotgani»ni qayd etdi.

Gordon 1963 yili fazogir bo‘lgan. U uch kunlik Gemini-11 (1966 yil) missiyasida ishtirok etib, 2 karra ochiq fazoga chiqqan. Gordon, shuningdek, «Apollon-12» (1969 yil) piloti ham bo‘lgan. U 31 soat mobaynida Oy orbitasida qolgan. Umuman, fazogir umrining 316 soatini fazoda o‘tkazgan.

Top