Serbiya va Chernogoriya 2025 yilgacha Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishi mumkin. Bunday fikrni Bryusselda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bildirdi.
“Men haqiqatan ham bu davlatlar 2025 yilgacha Yevropa Ittifoqi a'zolari bo‘lishlari mumkin, deb o‘ylayman”, deb aytgan Yunker jurnalistlarning bu borada berilgan savoliga javoban.
Ayni vaqtda YeIga kirishga 5 ta davlat: Chernogoriya, Serbiya, Turkiya, Albaniya va Makedoniya nomzodlar hisoblanadi.