17:40 / 09.11.2017
30787

OAV: Saudiyalik milliarderlar vahimaga tushib qolgan

Foto: Reuters

Saudiya Arabistonidagi bir qator milliarder va millionerlar mamlakatdan o‘z aktivlarini olib chiqish yo‘llarini topishga harakat qilishmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga asosan xabar tarqatdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi badavlat shaxslar mamlakatdan qo‘shni davlatlarga aktivlarni olib chiqish uchun banklar hamda maslahatchilar bilan muzokaralar o‘tkazishmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, ishbilarmonlar o‘z mablag‘lari muzlatilishi va ommaviy hibsga olinishlardan xavfsirashmoqda. 

Avvalroq Saudiya hukumati qo‘lga olingan shahzodalarning 800 mlrd dollar mablag‘ini musodara qilishi xabar berilgandi.

Mavzu
Saudiya Arabistonida taxt kurashi

4 noyabr kuni Saudiya Arabistonida 11 nafar shahzoda va 4 nafar yuqori martabali amaldor korrupsiyada ayblanib hibs qilindi. Bu hodisa valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmonning o‘z raqobatchilaridan qutulish yo‘lidagi harakati sifatida baholanmoqda.

Barchasi
Top