16:10 / 09.11.2017
19719

Suriya armiyasi IShIDning oxirgi tayanchini yakson qildi

© AFP 2017 / Stringer

Suriya armiyasi harbiylari Abu-Kamol shahri ustidan nazorat o‘rnatdi va IShIDning mamlakat hududidagi oxirgi tayanchini yo‘q qildi. Bu haqda armiya qo‘mondonligi bayonotida ma'lum qilingan.

«Suriya armiyasi va ittifoqchi kuchlar Dayr az-Zor viloyatidagi Abu-Kamol shahrini ozod qildi», deyilgan bayonotda.

Hukumat harbiylari ayni vaqtda bu aholi punktini to‘la egallagan, shahar minalardan tozalanmoqda.

Terrorchilar shahardan qochib ketishgan va Frotning narigi qirg‘og‘iga o‘tishgan.

Suriya armiyasi 3 yil davomida IShID qo‘lida bo‘lib kelgan Dayr az-Zor viloyatini qaytarib olish uchun 5 sentabr kuni boshlangan keng ko‘lamli yurishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu viloyat olinishi bilan mamlakatning sharqiy va g‘arbiy hududlari yana birlashtirildi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Top