17:10 / 09.11.2017
10374

Suriyalik harbiylar Iroq hududidan o‘tdi

Iroq harbiylari Suriya armiyasiga va uning ittifoqchilariga IShIDning Suriya hududidagi oxirgi tayanchi bo‘lgan Abu-Kamol shahriga hujum qilishda Iroq hududidan o‘tishga ruxsat berdi. Bu haqda Al Masdar o‘z manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, natijada Suriya armiyasi kutilmagan tomondan hujum qilgan va Abu-Kamolning sharqidan chiqib kelgan.

Yakunda armiya Abu-Kamolni osonlik bilan qo‘lga olgan.

Top