10:40 / 09.11.2017
6712

Texasdagi qotillik ishini FQBning yuzdan ortiq agentlari tekshirmoqda

© AP Photo / Eric Gay

Federal qidiruv byurosining yuzdan ortiq agentlari Texasdagi 26 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan qotillikni tekshirishga jalb etilgan. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish bo‘yicha FQBning "yuzdan ortiq" agentlari ish olib bormoqda. Pen Texasda ommaviy qotillik yuz bergan cherkovga tashrif buyurdi.

"Men vitse-prezident sifatida ishni tekshirish jarayonida barcha resurslardan foydalanilishini ta'minlash uchun bu yerda bo‘lib turibman", degan Pens.

U qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

5 noyabr kuni Amerikaning Texas shtati Sazerlend-Springs shahrida qurollangan erkak baptistlar cherkovi dindorlarini o‘qqa tutdi. Ushbu ommaviy qotillik oqibatida 26 kishi halok bo‘lib, yana 20 ga yaqin kishi yaralandi. Qotillik sodir etgan shaxs mashinasidan jonsiz holda topildi.

Cherkovdagi odamlarni o‘qqa tutgan shaxs AQSh fuqarosi, 26 yoshli Devin Patrik Kelli bo‘lib, u 2010 yildan 2014 yilga qadar AQSh harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan.

Mavzuga oid
Top