12:20 / 09.11.2017
12329

Toshkentda aldov yo‘li bilan buyumlarni sotayotgan yana 4 nafar moldovalik tsigan aniqlandi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga bir necha nafar chet el fuqarolari Toshkent shahridagi bozorlardan har xil turdagi buyumlarni arzon narxlarda xarid qilib, ularni fuqarolarga aldov yo‘li bilan qimmat narxlarda sotib kelayotganliklari haqida xabar kelib tushgan, deb ma'lum qilmoqda poytaxt IIBB.

Mazkur xabar asosida 2017 yilning 6 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tadbir davomida to‘rt nafar tsigan millatiga mansub bo‘lgan Moldova Respublikasi fuqarolari, 1991 yilda tug‘ilgan N.M., 1995 yilda tug‘ilgan K.Ye., 1992 yilda tug‘ilgan R.N. va 1973 yilda tug‘ilgan N.M.lar aniqlandi.

Mazkur shaxslar Toshkent shahrida joylashgan mehmonxonada vaqtincha yashab, Chilonzor tumanidagi “Abu Saxiy” bozoridan oshxona anjomlari, idish-tovoq komplektlari va shu kabi boshqa buyumlarni arzon narxlarda sotib olib, ularni Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning atrofida, bozorlarda hamda supermarketlarda go‘yoki mazkur buyumlar Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligini bildirib, xaridorlarni aldash orqali qimmat narxlarga sotib kelayotganliklari ma'lum bo‘ldi.

Toshkentda moldovalik tsiganlar aldov yo‘li bilan buyumlarni sotayotgani aniqlandi

Mavzuga oid
Top