16:00 / 09.11.2017
43763

Video: Juda katta akulalar suv osti kemasiga hujum qildi

Foto: BBC

Juda katta akulalar Bi-bi-si kanalining «Moviy sayyora 2» loyihasi suv osti kemasiga hujum qildi. Eng hayajonli lahzalar aks etgan video YouTube’da joylashtirildi.

Suratga olish guruhi batiskafda 750 metrlik chuqurlikka tushgan, ular o‘lgan kashalot (tishi o‘tkir yirtqich kit)ning tanasi bilan nimalar ro‘y berayotganini suratga olishmoqchi bo‘lgan.

Jamoa Atlantika okeanining tubida «suzib yurgan» o‘lik kashalotni kuzatib bordi. Shu paytda batiskaf akulalar to‘dasi tomonidan hujumga uchradi, ular o‘lik kashalot bilan oziqlanayotgan bo‘lgan.

Rolikni 6 kun ichida 1,2 million marotaba tomosha qilishdi.

Mavzuga oid
Top