20:20 / 09.11.2017
7649

Zimbabveda bitkoin kursi 13 000 dollardan oshdi

Foto: Bitcoin (pexels.com)

O‘rinbosari Emmerson Mnangagvani iste'foga chiqargan Zimbabve prezidenti Robert Mugabening kutilmagan siyosiy qarori mamlakat iqtisodiyotini xaosga aylantirdi. Mazkur fonda bitkoinning yangi "ralli"si qayd etildi. The Cointelegraph shu haqida xabar berdi. 

Beqaror Afrika mamlakatida bitkoin shundoq ham juda baland narxda savdo qilinar edi, zero u tanazzulga yuz tutgan milliy valyutaning yagona muqobiliga aylandi. Bugun mahalliy Golix.io birjasida bitkoin narxi rekord darajadagi 13 000 dollargacha o‘sdi. Kunlik maksimum 13 474,99 dollarni tashkil qildi. 

Zimbabvening pul tizimi vayron bo‘lmoqda, pulni mamlakat tashqarisiga deyarli olib chiqib bo‘lmaydi, shunday ekan, aholi kriptovalyutaga murojaat qilishga majbur.

Ta'kidlash joizki, bitkoinning Bitfinex birjasidagi kursi 7112,3 dollarni tashkil qilmoqda. 

Top