20:12 / 11.11.2017
14595

Argentina o‘rtoqlik o‘yinida Rossiyani yengdi

Foto: Reuters

Moskva shahridagi «Lujniki» stadionida Rossiya va Argentina terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yin taqdirini yagona gol hal qildi. 86-daqiqada «albiseleste» tezkor qarshi hujumni o‘tkazdi. To‘p o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilganida, himoyachilar e'tiboridan chetda qolgan Aguero uni kuchli zarba bilan darvozaga yo‘lladi. Akinfeyev uni qaytara oldi. Ammo Aguero himoyachidan ildamroq harakat qilib, ikkinchi urinishda uni boshi bilan darvozaga yo‘lladi.

O‘rtoqlik o‘yini
11 noyabr, Moskva, «Lujniki» stadioni

Rossiya – Argentina - 0:1 
Gol: Aguero (86) 
Rossiya – Akinfeyev, Vasin, Kudryashov, Fernandes (Smolnikov, 46), Jikiya, Kuzyayev (Yeroxin, 69), Raush (Zabolotniy, 88), Glushakov, Poloz (Dzagoyev, 46), Smolov, Kokorin (Miranchuk, 82).
Argentina – Romero, Maskerano, Petstselya, Otamendi, Kranevitter, Peres (Banega, 90), Salvio (Pavon, 78), Lo Chelso (Gomes, 59), Di Mariya (Perotti, 75), Aguero (Dibala, 87), Messi.

Mavzuga oid
Top