00:48 / 11.11.2017
12439

Erdo‘g‘an hijobga taqiqlov kiritilgan Yevropa davlatlarini tanqid qildi

Foto:cnnturk.com

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hijobga taqiqlov kiritilgan Yevropa davlatlarini tanqid qildi.

“Yevropa davlatlarida hijob kiyishga taqiqlov borgan sari keng tarqalmoqda. Shu yo‘l bilan musulmon ayollarning jamiyat hayotida ishtirok etishiga xalaqit berilmoqchi. Ular uylarida o‘tirishlari kerakligi haqidagi tasdiqlar virus kabi tarqalmoqda”, deb aytdi Erdo‘g‘an Anqarada musulmon davlatlar tadbirkor ayollari oldidagi nutqida. 

Uning aytishicha, bugun Yevropaning ko‘pchilik davlatlarida hijobdagi ayollar ishga kirishda va ta'lim olishda cheklanmoqdalar.

“Turkiyani istalgan qulay vaziyatda demokratiyaga o‘qitishmoqchi bo‘lgan davlatlarda elementar inson huquqlarining buzilishi olqishlanadi. Turkiya bu adolatsizlik va ikkilik standartlariga e'tibor qaratayotgan oz davlatlardan biri hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an. 

Mavzuga oid
Top