12:57 / 11.11.2017
5736

Yevropaga bir yil ichida dengiz orqali qancha muhojir kelgani ma'lum

Foto: EPA

2017 yilning boshidan buyon Yevropaga 156 ming muhojir dengiz orqali yetib keldi. Bu haqda Jyenevadagi Xalqaro migratsiya tashkiloti bosh qarorgohida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda Ukrinform.

«2017 yilning 1 yanvaridan 8 noyabrigacha 155 856 migrant va qochqin Yevropaga dengiz orqali yetib keldi», - deyiladi xabarda.

O‘tgan yilning shu davrida qochqinlar soni deyarli 341 ming kishini tashkil etgan. O‘rta Yer dengizi yo‘nalishida bu vaqt ichida halok bo‘lganlar soni - o‘tgan yilgi 4303 inson bilan taqqoslaganda 2 961 kishini tashkil qildi.

Jami oqimning 73 foizdan ko‘prog‘i Italiyaga, qolgan qismi esa Gretsiya, Kipr va Ispaniyaga kelgan. Nigeriya markaziy O‘rta Yer dengizi yo‘nalishi bo‘yicha muhojirlarning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda. Keyingi o‘rinlardan Gvineya, Fil Suyagi Qirg‘og‘i, Bangladesh, Mali, Sudan, Senegal, Eritreya, Gambiya, Marokash va Tunis joy olgan.

Mavzuga oid
Top