15:40 / 11.11.2017
23989

Foto: yangi Mercedes-Benz G-Class intereri qanday ko‘rinishda?

AutoWeek nashri yangi avlod Mercedes-Benz G-Class yo‘ltanlamasining intereriga oid ilk fotosuratlarni namoyish qildi. Ko‘rinishidan bu OAV uchun tashkil etilgan taqdimotdagi mashina maketi suratlaridir. Mashinaning rasmiy taqdimoti Detroytdagi yanvar ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.
 
Suratlardan ko‘rish mumkinki, yo‘ltanlamas old paneli va markaziy konsolining tuzilishi butunlay o‘zgaradi. Unda yangi uskunalar va 12,3 dyuymli multimedia tizimli ekran paydo bo‘ladi. Shuningdek, G-Class S-sinfidagi mashinalarga o‘rnatilgani kabi sensor elementlarga hamda boshqa havo quvurlariga ega. 

Foto: Mercedes-Benz G-Class

Yo‘ltanlamas ramali bo‘lib qoladi, ammo Autocar jurnali yozishicha, konstruksiyasida ko‘proq alyuminiy qismlarga ega bo‘ladi. Shunga muvofiq G-Class vazni 160 kg yengillashib, 2,4 tonnani tashkil etmoqda. Kuzovning aylanish qattiqligi esa 30 foizga oshgan. 

Avtomobil kengroq va texnologik jihatdan anchayaxshiroq bo‘ladi. Uning chuqurlikdan o‘tish balandligi yana 100 millimetrga oshadi. Gidrokuchaytirgich o‘rniga rulni boshqaruvining elektromexanik kuchaytirigichi paydo bo‘ladi. 

Foto: Mercedes-Benz G-Class

Bundan tashqari, modelning old podveskasi va moslashuvchan shassisi o‘zgaradi. Orqa podveskaning geometriyasi o‘zgartiriladi, shuningdek, yangi dvigatellar qatori paydo bo‘ladi. Masalan, G-Class AMG tomonidan tayyorlangan 2.9 l dizelli «oltilik» va 4.0 l benzinli «turbosakkizlik»ka ega bo‘ladi. Transmissiyasi 9 diapazonli «avtomat» qutisi hisoblanadi. 

Foto: Mercedes-Benz G-Class
Foto: Mercedes-Benz G-Class

 

Mavzuga oid
Top