19:18 / 11.11.2017
10617

IBM dunyodagi eng qudratli kvant kompyuteri haqida e'lon qildi

Foto: IBM

IBM korporatsiyasi kvant kompyuterini yaratishda yangi bosqich haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

IBM’ning kvant kompyuterlari yo‘nalishi rahbari Dario Gilning xabar berishicha, mutaxassislar quvvati 50 kubit (kvant bitlari) bo‘lgan hisoblash mashinasining ishlaydigan prototipini yaratishgan.

TechCrunch’ning aniqlik kiritishicha, IBM bunday kvant kompyuteri qachon tijoriy maqsadlarda foydalanish uchun taqdim etilishini xabar qilmagan. Shuningdek, nashrning xabar berishicha, IBM bulutli servis orqali 20-kubitli kvant hisoblashlari taqdim etilishi haqida ma'lumot bergan.

2016 yilning mayida korporatsiya IBM Quantum Experience bulutli servisini ishga tushirdi. U quvvati besh kubit bo‘lgan hisoblashlarga «eshik ochadi».

Kvant hisoblash texnologiyalari ishlab chiqarishning eng boshlang‘ich darajasida turibdi. Ularda superpozitsiya va chigallik kabi kvantmexanik hodisalar foydalaniladi. Hozircha to‘laqonli kvant kompyuteri yaratilmadi.

Mavzuga oid
Top