19:12 / 11.11.2017
79953

MIB auksionidan 66 mln. so‘m evaziga «Captiva» olish mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi musodara etilgan yana qator moddiy boyliklarni onlayn auksionga qo‘ydi.

Xususan, MIB «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent viloyati, Angren shahar, Gulbog‘ qo‘rg‘onidagi inshoot auksionga qo‘yildi. U 8 496 559 900 so‘mga baholandi.

Shuningdek, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Uyg‘ur tor Oyimcha ko‘chasidagi 8-uy 960 000 000 so‘mga baholandi.

Toshkent shahar, Chilonzor tumanida “Lasetti” avtomobili 51 000 000 so‘mga evaziga auksionga qo‘yilgan bo‘lsa, Samarqand viloyati, Narpay tumani IIB YHXB jarima maydonchasidagi “Captiva” 66 000 000 so‘mga baholandi.

 

Mavzuga oid
Top