16:50 / 11.11.2017
22406

«Rossiya hali ham «KXDRni erkalayapti»

Foto: Jorge Silva / Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShga Shimoliy Koreya bilan bog‘liq muammoni hal qilishda «rostdan ham yordam berishi» mumkin. Bu haqda OTIH sammiti vaqtida amerikaliklar rahbari Donald Tramp ma'lum qildi.

Ammo Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hamon «KXDRni erkalatmoqda».

Bu vaqtda esa Vladimir Putin KXDR muammosini darhol muzokaralar yo‘li bilan hal etish bo‘yicha AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya tomonidan «ko‘ngilni to‘q qiluvchi signallar» berilmayotgani haqida gapirgan. Prezident shuningdek, Rossiya va Xitoy KXDRning yadroviy maqomini tan olmasligini qo‘shimcha qilgan.

Bundan avvalroq Tramp Rossiya va butun jahon hamjamiyatini Koreya yarim orolidagi vaziyatni hal qilishda yordam ko‘rsatishga chaqirgandi.

Top