09:30 / 12.11.2017
25718

Tramp Putinning yordamiga umid qilmoqda

Foto: TASS

Qo‘shma shtatlar prezidenti Donald Tramp Vetnamdagi sammit vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv vaqtidagi uchrashuviga yaxshi baho berdi. U Rossiya rahbari Shimoliy Koreya muammosini hal etishda yordam berishiga umid bildirdi.

«Vetnamdagi sammit vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdim. Suriya masalasi bo‘yicha yaxshi suhbat kechdi. Umid qilamanki, u Shimoliy Koreya inqirozini hal qilishda ham yordam beradi, shuningdek, Xitoyning ham. O‘sish bor», — deya yozgan Tramp Twitter sahifasida.

«Rossiya bilan munosabatlar yaxshilanishi yaxshi holat, yomon emas... Men Shimoliy Koreya, Suriya, Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirishni, terrorizm muammosini hal etishni istayman va Rossiya bunda bizga juda katta yordam berishi mumkin!», —  degan amerikaliklar rahbari.

Bundan oldinroq Tramp u va Putin o‘rtasidagi munosabatlar yaxshiligi haqida aytib o‘tgandi.

Top