15:15 / 13.11.2017
9498

24 yoshli ayol qizchaning ziragini yechib ketdi

Foto: Photl

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi X.I. ichki ishlar bo‘limiga, uning 8 yoshli qizining qulog‘idan noma'lum ayol ziragini yechib olganligini haqida murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Bekobod tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan I.U. sodir etganligi aniqlanib ushlandi. 

I.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top