14:00 / 13.11.2017
6705

Angliya 2030 yilda jahon chempionatini o‘tkazmoqchi

Foto: BBC

Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, Angliya futbol uyushmasi 2030 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda, Germaniya futbol ittifoqi rahbari Raynxard Grindel xabar bergan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Angliya - Germaniya (0:0) o‘rtoqlik bahsidan so‘ng, har ikkala mamlakat futboli rahbariyati bu masalani muhokama qilib olgan.

2030 yilda jahon chempionatini qabul qilishga Xitoy ham da'vogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, Argentina, Urugvay va Paragvay birgalikda ariza topshirishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 Rossiyada, JCh-2022 Qatarda o‘tkaziladi. JCh-2026 mezboni esa hozircha ma'lum emas.

Mavzuga oid
Top