06:32 / 13.11.2017
8807

Eron-Iroq chegarasidagi zilzila 100 dan ko‘proq odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: AFP 2017 / SHWAN MOHAMMED

Eron-Iroq chegarasida 12 noyabrda qayd qilingan kuchli zilzila oqibatida Eronda 100 kishi halok bo‘ldi, mingga yaqin kishi jabrlandi. Bu haqda 13 noyabrda FARS axborot agentligi xabar bermoqda.

Zilzila kuchi 7,2 magnitudani tashkil qilgan. Asosiy zilziladan keyin 3,6 dan 4,7 gacha magnitudali 12 ta aftershok bo‘lgani qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i Iroqning Sulaymoniya shahridan 103 km uzoqlida joylashgan bo‘lgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, odamlar Eron g‘arbidagi Karmonshoh viloyatida halok bo‘lganlar. Tabiiy ofat 6 ta shaharni qamrab olgan.

Eron prezidenti zilziladan jabrlanganlarga barcha zaruriy yordamni ko‘rsatishga buyruq bergan.   

Iroqning Sulaymoniya viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Umar Ahmad zilzila oqibatida viloyatdagi Dorbondixon shahrida 4 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan. O‘z navbatida Iroq Kurdistoni vakili ham 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan. Iroq sog‘liqni saqlash vazirligida esa bir kishi halok bo‘lgani, 50 dan ko‘prog‘i jabrlangani ma'lum qilingan.

Fojia hududida qutqaruv-qidiruv operatsiyasi olib borilmoqda. U yerga qutqaruvchilarning qo‘shimcha bo‘linmalari yuborilgan. Fojiadan jabr ko‘rgan hududlarda dala gospitallari yo‘lga qo‘yilgan, odamlar oziq-ovqat, issiq kiyim, yoqilg‘i bilan ta'minlanmoqdalar. Odamlar takroriy zilzilalar yuz berishidan qo‘rqib, uylariga qaytmayaptilar.

Berilayotgan xabarlarga ko‘ra, strategik obektlar, jumladan neft-gaz infratuzilmasi obektlariga shikast yetmagan, aeroportlar odatdagidek ishlamoqda.

Mavzuga oid
Top