07:14 / 13.11.2017
4846

Kongoda poyezdning falokatga uchrashi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto: wdef.com

Kongo Demokratik Respublikasining janubi-sharqida poyezdning falokatga uchrashi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohat oldi. Bu haqda 12 noyabrda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Hukumat qurbonlar soni oshishi mumkinligini aytmoqda, chunki avariyadan keyin poyezddagi 13 ta vagondan 11 tasida yong‘in chiqqan, ularning ba'zilarida yoqilg‘i bo‘lgan. Jabrlanganlar olib borilayotgan shifoxona voqea joyidan 30 km uzoqda joylashgani sabab jabrlanuvchilarni tashishda transport bilan bog‘liq muammolar vujudga kelgan.

Kongo milliy temir yo‘l kompaniyasiga qarashli poyezd Kongoning Lubumbashi shahridan Angolaning Luena shahriga odamlar va yuklarni olib ketayotgan bo‘lgan. Falokat sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Top