14:30 / 13.11.2017
9278

Puchdemon chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Reuters

Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemon YeIni Ispaniya hukumatiga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda u Le Soir nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Puchdemonning fikriga ko‘ra, Madrid demokratik normalardan chetlashmoqda hamda Yevroittifoq demokratik huquqlari xartiyasiga rioya etayotgani yo‘q.

«Men shuni kutmoqdamanki, Yevropa Polsha hamda Vengriyaga nisbatan qilgan narsani bajaradi. Agarda demokratiyaga qarshi suiiste'mol holati mavjud bo‘lsa, bu ichki ish emas. Shu ko‘zga tashlanmoqdaki, Ispaniya davlati fundamental huquqlar xartiyasiga rioya etmagan», - deya siyosatchining so‘zlarini keltiradi RIA «Novosti».

Avvalroq Ispaniya Kataloniya inqirozida «rossiyalik hakerlarni» ayblagani xabar qilingandi.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top