09:50 / 14.11.2017
15069

216 kishining odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi

2016 yil va 2017 yilning birinchi yarim yilida O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy mehnat va jinsiy ekspluatatsiyaga jalb qilish maqsadida chet ellarga chiqarish bilan shug‘ullangan 216 kishining faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston milliy matbuot markazida tashkil etilgan brifingda MXX matbuot markazi katta xodimi Lola Yo‘lchiboyeva ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik, ushlanganlarga nisbatan O‘zR JKning 135-moddasi (odam savdosi) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Yo‘lchiboyevaning aytishicha, shu yo‘nalishdagi jinoiy ishlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, odam savdosiga ixtisoslashgan mahalliy uyushgan jinoiy guruhlar Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, BAA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (OTOM) va YeI mamlakatlaridagi shu kabi jinoiy guruhlar bilan birlashib, xalqaro jinoiy tarmoqqa aylanmoqda. 

O‘zbekiston fuqarolarini BAA, Turkiya, AQSh, OTOM va YeIga yetkazishda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, RF, Ozarboyjon va Ukraina orqali o‘tuvchi trafikdan foydalanilmoqda.

Ta'kidlanishicha, MDH mamlakatlariga olib chiqishda qalbaki viza va chiqish qaydlariga ega bo‘lgan milliy pasportlardan, boshqa davlatlarning soxta pasportlari qo‘llanilmoqda.

Mavzuga oid
Top