13:30 / 14.11.2017
6213

O‘zbekistonlik huquq faollariga «hamkorlik aloqalarini rivojlantirish​»​ taklif qilindi

Foto: Mehnat.uz

13 noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro mehnat tashkiloti ofisida Jahon banki, XMT, Human Rights Watch va o‘zbekistonlik huquq faollari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Mehnat vazirligi vakillari ham ishtirok etgan.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda XMT Bosh direktori maslahatchisi K.Tapiola «joriy yil O‘zbekistonda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar» haqida so‘zlab, Shavkat Mirziyoyev va hukumat qarorlaridan iqtibos keltirdi.

Yig‘ilishda o‘zbekistonlik huquq faollariga o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, bola va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, aholining huquqiy ongini rivojlantirishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish taklif qilindi.

Top