17:10 / 14.11.2017
27645

Video: Amsterdam aeroportida Boeing’ni yashin urdi

Hollandiya poytaxti Amsterdamdan Peru poytaxti Lima shahriga parvoz qilayotgan Boeing 777-300 yo‘lovchi samolyotiga yashin urgani tasvirlangan noyob video e'lon qilindi. Rolik YouTube’dagi Valk Aviation kanalida joylashtirildi.

Videoning 2.44 daqiqasida avialayner osmonga ko‘tarilayotganda unga yashin urganini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi, samolyot esa o‘z parvozini muvaffaqiyatli davom ettirgan.

Mavzuga oid
Top