16:20 / 15.11.2017
15170

Qozog‘iston hukumati vakili Parijda 76 mln. dollarga kvartira sotib oldi

Foto: Getty Images

Qozog‘iston hukumati rasmiy vakili Parijda xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan kvartirani 65 mln. yevro (75,8 mln. dollar)ga sotib oldi. Bu Parijda 2017 yilda erishilgan eng yirik kelishuv, deb yozmoqda Mansion Global nashri.

Nashr xabariga ko‘ra, hashamatli xonadon Monten avenyusida, Yelisey maydonidan bir daqiqalik masofada joylashgan.

Kelishuv belgiyalik riyeltor Ignas Myuvissen tomonidan amalga oshirildi. U sotuvchi va xaridor ismini aytishdan bosh tortgan. Uning faqat ta'kidlashicha, bu rossiyalik investor va Qozog‘iston hukumatining rasmiy vakili bo‘lgan, deb yozmoqda nashr.

"Sotuvchi, Rossiya investitsiya kompaniyasi rahbari binoda bir necha kvartiralarni birlashtirgan. U uyni uch oy muqaddam 75 mln. yevro (87,5 mln. dollar) evaziga sotishni boshladi", - deya aytib o‘tdi Myuvissen.

Umumiy maydoni 1200 m2 bo‘lgan kvartirada beshta yotoqxona, beshta vannaxona, spa-hudud va xodimlar uchun alohida xonalar bor. Qozog‘istonlik xaridor xavfsizlikning yuqori darajasini talab qilgan, shu sababdan u yerda maydoni 55 m2 bo‘lgan maxsus xona bor. Bu yerda o‘q o‘tkazmaydigan derazalar va xavfsizlik xizmati xodimlari uchun alohida joylar mavjud.

Mavzuga oid
Top