16:25 / 15.11.2017
18563

Qozog‘istonda rus neftini O‘zbekistonga tranzit qilish uchun tariflar o‘rnatildi

Foto: Reuters

Rossiya neftini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha "KazTransOyl" tariflari va xizmatlari qiymati belgilandi. Bu haqda tashkilotdan xabar berishgan.

Kompaniyadan aniqlik kiritishlaricha, norezidentlar uchun Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegarasidan “Shagir” neft quyish punktiga qadar 1 ming km.ga bir tonna uchun 11,7 dollarlik tarif belgilandi. “Shagir” punktida neftni sisternalarga quyish bir tonna uchun 0,8 dollarga tushadi. Norezidentlar uchun belgilangan qiymat bir tonna uchun 22,9 dollarni tashkil etadi. Narx o‘z ichiga neftni bir tonna uchun 22,1 dollarlik tarifni hisobga olgan holda o‘tkazish va neftni “Shagir”da temir yo‘l sisternalariga quyishni (u bir tonna uchun 0,8 dollarga tushadi) qamrab oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentabr kuni Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashdi. Jumladan, “Shagir” neft quyish punktiga "KazTransOyl" magistral quvurlari orqali. O‘shanda yil oxiriga qadar Omsk-Pavlodar-Chimkent neft quvuri bo‘ylab taxminan 30 ming tonnani o‘tkazish, so‘ng O‘zbekistonga temir yo‘l estakadasi orqali olib o‘tish rejalashtirilgani xabar qilingandi. 

O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegaraga qadar neft quvuri qurishni rejalashtirmoqda. Bu Jizzax viloyatida qurilayotgan neftni qayta ishlash zavodini xomashyo bilan ta'minlash uchun kerak. Neft quvuri uzunligi 95 kilometrni tashkil qiladi. Taxminlarga ko‘ra, u Rossiya va Qozog‘istondan import neftini yetkazib berish uchun Omsk-Pavlodar-Chimkent neft quvuri bilan bog‘lanadi.

Mavzuga oid
Top