10:40 / 15.11.2017
32717
Reklama

Royal savdo belgisi ostida quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlar ishlab chiqarilishi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Foto: Royal

Elektr va gaz ta'minoti tizimini takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash yo‘llarini rivojlantirish ishlari ancha vaqtdan beri olib borilmoqda. Shu kabi ishga tushurilgan modernizatsiya asosida 8-noyabr 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti № PQ – 3379 raqamli qaror chiqardi: 

Davlat organlari va tashkilotlari 2022 yil 1 yanvardan ularning balansida bo‘lgan bino va inshootlarda issiq suv ta'minoti uchun faqat sertifikatlangan quyosh energiyasida ishlaydigan suv isitgich qurilmalaridan foydalanishlari shart. Shu borada aytish boiski, Royal quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlar ishlab chiqarilishining taqdimoti o‘z vaqtida bosilgan qadamdir.

Foto: Royal 

2017 yil 13 noyabr kuni Royal savdo belgisi ostida quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlari ishlab chiqarilishining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda «Uzeltexsanoat» tashkiloti, Moliya Vazirligi vakillari, “O‘zbekneftgaz”,  “O‘zbekenergo”, Davlat Arxitektura va Qurilish qo‘mitasi, Energiya tejash milliy kompaniyasi AJ, “O‘zdavenergonazorat”, “Fizika-Quyosh” ilmiy-tadqiqot markazi kabi tashkilotlar vakillari, qurilish kompaniyalari vakillari, quyosh energiyasi yo‘nalishidagi mutaxassislar, suv isitgichlarini o‘rnatish bo‘yicha mutaxassislar va OAV vakillari  ishtirok etishdi. “Solimpex” vakili qatnashchilarni quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlarini kundalik ishlatishga  joriy qilish rejalari bilan tanishtirdi. Taqdimot vaqtida quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlarini ishlatish, ularni dunyo bo‘ylab qo‘llanish tajribasi va  quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlarning  kelajagi  keng ko‘lamda muhokama qilindi.

Foto: Royal 

Royal quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlar ikki qismdan tashkil topgan:

- Tashqi blok – quyosh kollektori

-  Ichki blok – issiqlik almashtiruvchi rezervuar

2016 yilning yakunidan boshlab “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriyalarida quyoshli suv isitgichlardan foydalanish bo‘yicha tajribalar boshlandi. Bu tajribalar Royal ilmiy markazi vakillari tashabbusi bilan quyoshli energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi. Tajribalarda Royal quyoshli suv isitgichlari unga o‘xshash import mahsulotlari bilan taqqoslandi va sinovdan o‘tkazildi. «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari tajribalar yakunida Royal savdo belgisi ostida ishlab chiqariluvchi quyoshli suv isitgichlardan foydalanishning yuqori energosamaradorligini qayd etishdi. Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasida ko‘p qavatli uyda o‘rnatilgan quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichni birinchi prototipi ham qo‘yilgan vazifalarni munosib bajardi!

Hozirda dunyo tajribasiga tayangan holda gorizontal va vertikal quyosh energiyasida ishlovchi Royal suv isitgichlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Royal 

Gorizontal quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlar individual qurilma bo‘lib, bak va kollektordan iborat. Bunday turdagi isitgichlar xususiy uylar, kottejlar va dala-hovlilarga mos keladi. Korxonada hajmi 200 va 300 litr bo‘lgan HWH 35 200 va HWH 35 300 gorizontal quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bunday hajm 4 yoki 6 kishidan iborat oilani issiq suvga bo‘lgan ehtiyojini bemalol qondira oladi.

Vertikal quyoshli suv isitgichlarning xajmi 300 dan 1000 litrgacha bo‘lib, aholi uylari, ko‘p qavatli ofislar, davlat muassasalari uchun mos hisoblanadi. Vertikal suv isitgichlarning to‘rt xil turi mavjud: VWH 15 300, VWH 20 500, VWH 35 800 va VWH 40 100. Vertikal quyosh energiyasida ishlovchi suv isitgichlarning baki yerto‘la kabi joylarga, kollektorlari esa binoning tomiga o‘rnatiladi.

Royal quyoshli suv isitgichlari oqar sirkulyatsiya tizimi asosida ishlaydi. Tizim bakdagi suvni turib qolmasligini ta'minlaydi va bu esa ishlatilayotgan suvda bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi.

Foto: Royal 

Royal quyoshli suv isitgichlari nemis texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqarilib, barcha standartlarga mosdir. Bu qator sertifikatlar, jumladan, Solarkeymark, EN 12897:2006, Shtutgartdagi Termodinamika va Issiqlik muhandisligi universiteti tomonidan beriladigan  ITW, ICIM va Din Certco kabi sertifikatlar bilan tasdiqlangan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida Yevropaning ekologik toza xomashyolaridan foydalaniladi.

Quyoshli suv isitgichlar xonalarni isitish va issiq suv bilan ta'minlashda qo‘llaniluvchi energomanbalarni tejash imkonini beradi. Royal quyoshli kollektorlarining o‘ziga xos jihati – ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalar va energosamarador materiallardan foydalanishdir. Ular  quyosh nurlarini 95 foizga qadar o‘ziga singdirib ularni suv isitish uchun energiyaga aylantirishga qodir. Shu bois siz issiq suv to‘lovlarida 70% gacha pul tejaysiz.

Royal savdo belgisi ostida ishlab chiqariluvchi suv isitgichlar o‘z sifati bilan xaridorlar hurmatini  qozongan. Quyosh energiyasida ishlovchi yangi suv isitgichlar Royal savdo belgisining taraqqiyoti hamda O‘zbekiston Respublikasida energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish va muqobil energiyalarni keng ko‘lamda ishlatish  yo‘lida olib borilayotgan ishlarning yangi bosqichidir. Shuningdek, quyosh energiyasida ishlaydigan suv isitgichlarni o‘rnatish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi o‘quv kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Foto: Royal 

Aytib o‘tish boiski, Davlat Rahbari tomonidan qo‘yilgan muqobil energiyalarni ishlatish haqidagi masalani birgalikda yechish uchun Royal savdo belgisining vakillari bunda manfaatdor bo‘lgan hamma shaxslarni va korxonalarni hamkorlik qilishga taklif etadi!         

Reklama huquqi asosida

Top