16:40 / 16.11.2017
17738

Abdusalom Azizov Ozarboyjon mudofaa vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov boshchiligidagi delegatsiya Ozarboyjon Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining KUN.UZ’ga xabar qilishicha, 16 noyabr tongdan O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarboyjon umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev qabriga gulchambar qo‘ydi. Boku shahridagi “Shahidlar xiyoboni” memorial majmuasi ziyoratidan keyin Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi.

Ikki mamlakat harbiy idoralari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda harbiy, harbiy-texnik, harbiy ta'lim va boshqa yo‘nalishlardagi ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy delegatsiyasining Ozarboyjon Respublikasiga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Top