10:55 / 16.11.2017
17870

Qirg‘izistonda zilzila yuz berdi

Foto: for.kg

Qirg‘izistonda 16 noyabr kuni ertalab soat 07:42da 5,5 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i 30 kilometrlik yer tubida joylashgan. Bu haqda Qozog‘iston Ta'lim vazirligining ilm-fan bo‘yicha qo‘mitasi tajribaviy-uslubiy seysmologiya ekspeditsiyasi xabar berdi.

Yer silkinishi markazi Olmaota shahridan 160 kilometr uzoqlikda, Qirg‘iziston hududida joylashgan.

Olmaotada esa 2-3 ballik zilzila sezilgan. Qirg‘izistonda hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yoki vayronagarchiliklar haqida hozircha xabar yo‘q.

Top