18:06 / 16.11.2017
18033

Qozog‘istonda IShID tarafdorlari ushlandi

Foto: Qozog‘iston Milliy xavfsizlik matbuot xizmati

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi departamenti xodimlari Janubiy-Qozog‘iston viloyatida Sayram tumani va Chimkent shahrida yashovchi 11 fuqaroni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati. Qo‘lga olingan shaxslar terrorizmni targ‘ib qilish hamda diniy nifoqni avj oldirishda gumonlanmoqda.

"Ko‘rsatilgan shaxslar Whatsapp, Telegram messenjerlari hamda internet tarmog‘idagi ijtimoiy tarmoqlarda tizimli ravishda IShID va boshqa xalqaro terrorchilik tashkilotlarining ekstremistik mafkurasini targ‘ib qilgan materiallarni tarqatib kelgan", - deyiladi xabarda.

Maxsus xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, ekstremistik materiallar ishtirokchilarining umumiy soni 400 kishidan ortiq bo‘lgan 24 ta tarmoq hamjamiyatlarida joylashtirilgan.

Foto: Qozog‘iston Milliy xavfsizlik matbuot xizmati
Mavzuga oid
Top