10:02 / 16.11.2017
12037

Muayyan qon guruhiga ega odamlar havo ifloslanishidan kamroq aziyat chekishlari aniqlandi

Amerikalik kardiologlar 2, 3 va 4-qon guruhlariga ega odamlar kuchli ifloslangan atrof-muhitda 1-qon guruhiga ega odamlardan ko‘proq darajada o‘tkir konorar (ishemik) sindrom rivojlanishi xatariga moyil ekanliklarini aniqlashdi.

Tadqiqotga ko‘ra, 1-qon guruhiga ega odamlar havo ifloslanishidan kamroq aziyat chekar ekanlar. Olimlar bu haqda Kaliforniyada o‘tgan Amerika yurak uyushmasi anjumanida ma'lum qilishdi.   

Havo ifloslanishi inson salomatligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi: havoda ko‘p miqdorda oltingugurt va azot saqlovchi moddalar bo‘lishi yurak-tomir va nafas olish tizimlari kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Biroq ba'zi odamlar iflos havoni qolganlarga nisbatan osonroq boshdan kechirarkanlar va bu baxtli insonlar – 1-qon guruhi egalari bo‘lib chiqdi.

Olimlar 1993 yildan 2007 yilgacha davr ichida o‘tkir konorar sindrom – yurak ishemik kasalligining xavfli kuchayishini boshdan kechirgan bemorlar haqidagi ma'lumotlarni o‘rganib chiqishdi. Bemorlarning kasallik tarixi havoda yirik chang – o‘lchami 2,5 mikrondan (1 mikron = 0,001 mm, ya'ni millimetrning yuzdan biri) oshmaydigan  yirik chang miqdori haqidagi ma'lumotlar bilan qiyoslandi. Aniqlanishicha, havoda bunday changlar nisbatan kam bo‘lganda, ishemiyaning avj olishi xavfi barcha qon guruhidagi odamlar uchun bir xil bo‘ladi. Biroq chang miqdori oshgan sari, 1-qon guruhi va qolgan uch qon guruhi egalari orasidagi tavofut ortib boradi.  

Olimlarning ta'kidlashlaricha, rejimga amal qilish va jismoniy mashqlar qon guruhidan qat'iy nazar, ishemiyaning kuchayishi oldini olishga imkon beradi.

Mavzuga oid
Top