PSJ hujumchisi Neymarning shartnomasida belgilangan tovon puli ma'lum bo‘ldi.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, u 222 million yevroga teng.
Eslatib o‘tamiz, Neymar aynan shuncha qiymatga «Barselona»dan xarid qilingan edi.
Ma'lumki, Fransiya klublari shartnomada tovon pulini kamdan-kam hollarda belgilaydi. Biroq, tovon pulining shuncha miqdorda bo‘lishini Neymarning o‘zi talab qilgan.
Avvalroq, futbolchi PSJ klubi va bosh murabbiyidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.