09:40 / 16.11.2017
16251

Nukus shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Paraxat Tureshov Nukus shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar bermoqda.

P.Tureshov 1979 yili Taxiatosh shahrida tug‘ilgan, mehnat faoliyati davomida Taxiatosh shahri statistika va hisoblash markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi, Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.

Nukus shahrining oldingi hokimi Jalg‘asbay Opayevdan so‘ng, Sabir Nag‘metov vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Mavzuga oid
Top