11:15 / 17.11.2017
32923

Dunyodagi eng boy yosh «yulduz» nomi ma'lum qilindi

Foto: Vibe

2017 yilda eng ko‘p haq to‘lanuvchi yosh «yulduz»lar nomi ma'lum qilindi. Reyting Forbes.ru saytida joylashtirilgan.

Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 30 yoshdan kichik bo‘lgan mashhur insonlar bir yil ichida umumiy hisobda 1,24 mlrd. dollar ishlab topishdi.

Amerikaning Forbes reytingida 27 yoshli xonanda Eybel Tesfayye - The Weeknd yetakchilik qilmoqda. U bir yilda taxminan 92 mln. dollar ishlab oldi.

Ikkinchi o‘rinda – 23 yoshli qo‘shiqchi Jastin Biber ($83,5 mln.), uchinchi – 29 yoshli xonanda Adel ($69 mln.).

Keyingi pog‘onalardan sportchilar joy olishdi. Ekspertlar to‘rtinchi o‘rinni basketbolchi Kevin Dyurantga ($60,6 mln.) berishgan bo‘lsa, beshinchi hamda oltinchi o‘rinni amerika futboli o‘yinchisi Endryu Lak ($50 mln.) va golfchi Rori Makilroy ($50 mln.) bo‘lishib oldi.

Ro‘yxatning yettinchi hamda sakkizinchi pog‘onalarida basketbolchilar Stefen Karri ($47,3 mln.) va Jyeyms Harden ($46,6 mln.) qayd etildi.

Kuchli o‘nlikka xonanda Teylor Svift ($44 mln.) va model, realiti-shou yulduzi Kayli Jyenner ($41 mln.) yakun yasab bergan.

Top